Bugun 25 noyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Tramp Armiya vaziri Driskollni «tinchlik rejasi» bo‘yicha maxsus vakili etib tayinladi

Tramp Armiya vaziri Driskollni «tinchlik rejasi» bo‘yicha maxsus vakili etib tayinladi

AQSh prezidenti Donald Tramp Armiya vaziri Deniyel Patrik Driskollni Rossiya-Ukraina urushini tugatish bo‘yicha taklif qilingan «tinchlik rejasi» bo‘yicha maxsus vakili etib tayinladi.

Deniyel Driskoll 2025 yil 25 fevral kuni AQSh Armiyasi vaziri lavozimiga tayinlangan. U Iroqdagi operasiyalarda veterani bo‘lib, «Iroq ozodligi» missiyasi davomida vzvod boshlig‘i sifatida xizmat qilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, AQSh Armiyasi vaziri Jey Di Vensning sobiq sinfdoshi va yaqin do‘sti hisoblanadi.

The Guardian nashri xabar berishicha, kelasi haftaning oxirida AQSh generalilari delegasiyasi Moskvaga tashrif buyurib, loyihani muhokama qiladi.

Kiritildi: 14:53 22.11.2025. O'qildi: 499 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!