Bugun 10 sentyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Tramp AQShning Eronga qarshi zarbalarni sezilarli darajada kuchaytirish rejalarini e’lon qildi

Tramp AQShning Eronga qarshi zarbalarni sezilarli darajada kuchaytirish rejalarini e’lon qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp Amerika harbiylari Eronga, jumladan, uning neft tankerlariga zarbalarni sezilarli darajada oshirishini ma’lum qildi.

Bu haqda Tramp Vashingtonda jurnalistlan bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda aytib o‘tdi.

"Biz hujumlarni amalga oshiryapmiz", dedi Amerika yetakchisi va AQSh allaqachon to‘qqizta Eron tankerini yo‘q qilganini qo‘shimcha qildi. "Va siz yana ko‘plarini ko‘rasiz", dedi Tramp tafsilotlarni keltirmasdan.

Avvalroq Pentagon kotibi Pit Xegset Eron mintaqadagi AQSh harbiy kemalariga hujum qilsa, AQSh harbiylari Eron tankerlariga zarba berishini aytgan edi. Shuningdek, u Eron neft flotining katta qismini yo‘q qilish ehtimoli haqida ogohlantirgan edi.

Shu hafta boshida AQSh harbiylari haqiqatan ham beshta Eron neft tankeri yo‘q qilingani haqida xabar berishdi.

Kiritildi: Bugun 10:00. O'qildi: 373 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!