AQSh prezidenti Donald Trampning aytishicha, AQShning Eronga qarshi operasiyasi tugaganidan keyin neft narxi pasayadi.
Tramp bu haqda Oq uyda jurnalistlarga shunday dedi.
"Ha, narxlar bir muddat yuqori bo‘ladi. Lekin biz ishimizni tugatgandan so‘ng, narxlar pasayadi", dedi Tramp.
Uning qo‘shimcha qilishicha, uning fikricha, oxir-oqibat neft narxi AQShning Eronga qarshi hujumlaridan oldingiga qaraganda ham pastroq bo‘lishi mumkin.