Qo‘shma Shtatlar yana bir nechta yirik savdo kelishuvlarini ishlab chiqdi.
Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uyda o‘tkazilgan kriptovalyutani tartibga solish bo‘yicha qonun loyihasini imzolash marosimida ma’lum qildi.
"Bizda yana bir nechta yirik savdo kelishuvlari bor, ular yaqin orada e’lon qilinadi. Biz buni bugun amalda qilishimiz mumkin. Balki keyinroq" - dedi u. Amerika rahbari AQSh bu bitimlarni qaysi davlatlar bilan tuzishni kutayotganiga aniqlik kiritmadi.