Oq uy bayonotida qayd etilishicha, prezident farmoni Qo‘shma Shtatlar uchun ballistik, gipertovushli, takomillashtirilgan qanotli raketalar va boshqa yangi avlod havo hujumlariga qarshi yangi avlod raketa qalqonini amalga oshirishni nazarda tutadi.
"Garchi bunday turdagi qurollarning hech biri AQShga qarshi qo‘llanmagan bo‘lsa-da, ularning qo‘llanilish ehtimoli mamlakat uchun “halokatli tahdid” deb ataldi", deb xabar bermoqda CNN.
Tramp imzolagan yana ikkita farmon armiya tarkibidagi gender xilma-xillik masalasiga taalluqlidir. AQSh prezidenti yana bir bor transgender odamlarga qurolli kuchlar saflarida xizmat qilishni taqiqladi. Tramp birinchi prezidentlik davrida ham shunday taqiqni joriy qilgan edi. Biroq bu taqiq Jo Bayden tomonidan bekor qilingandi. Shuningdek, Tramp amerikalik harbiylar uchun DEI (turli xillik, tenglik, inklyuzivlik) dasturini yopdi.
Bundan tashqari, prezident Tramp emlanishdan bosh tortgani uchun ishdan bo‘shatilgan yoki iste’foga chiqishga majbur bo‘lgan harbiylarni xizmatga qaytarish to‘g‘risidagi farmoni imzoladi.