AQSh Prezidenti Donald Tramp AQShda avtomobillar yig‘ilsa, “tariflar bo‘lmaydi”, deb aniqlik kiritdi.
AQSh ma’muriyati mamlakatdan tashqarida ishlab chiqarilgan barcha avtomobillarga 25 foizlik import bojlarini joriy qiladi. Bu haqda chorshanba kuni Oq uyda jurnalistlar bilan uchrashuvda AQSh Prezidenti Donald Tramp ma’lum qildi, deb xabar beradi tass.ru.
“Amalda 25 foizlik boj joriy qilamiz. Lekin siz mashinalarni AQShda yig‘sangiz, tariflar bo‘lmaydi”, dedi u.