Bugun 13 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Tramp AQSH-Xitoy savdo muzokaralarida “katta siljish” bo‘lganini aytdi

Tramp AQSH-Xitoy savdo muzokaralarida “katta siljish” bo‘lganini aytdi

Shveysariyada bo‘lib o‘tgan muzokaralar chog‘ida AQSh va Xitoy “to‘liq qayta yuklash” bo‘yicha kelishib oldilar, dedi AQSh prezidenti Donald Tramp. U maslahatlashuvlarning birinchi kunini "juda yaxshi" deb atadi, deya xabar beradi BBC.

— Ko‘p narsalarni muhokama qildik, ko‘p masalalar bo‘yicha kelishuvga erishdik. Biz katta yutuqlarga erishdik, — deb yozdi Tramp o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida, lekin gap aynan nima haqida ekanligini aniqlamadi.

AQSh va Xitoy delegasiyalari shu hafta oxirida Jenevada ikki kunlik muzokaralar o‘tkazmoqda. Maqsad Tramp aprel oyi boshida boshlagan savdo urushini yumshatishdir. Uning tashabbusi bilan AQSh Xitoy tovarlariga bojxona tariflarini keskin oshirdi. Bunga javoban Pekin ham tariflarni oshirdi. Natijada soliq stavkasi 100 foizdan oshdi, ikki davlat o‘rtasidagi savdo amalda to‘xtadi.

Reuters xabariga ko‘ra, delegasiyalarning shanba kungi uchrashuvi sakkiz soat davom etgan va yakshanba kuni ertalab davom etadi. Bu savdo urushi boshlanganidan beri ikki davlat yuqori martabali rasmiylari o‘rtasidagi birinchi yuzma-yuz uchrashuvdir.

Avvalroq Tramp Oq uyning “Atirgul bog‘i”da bayonot berib, AQShning yangi tarif siyosatini e’lon qilgan edi.

U dastlab Xitoyga tariflarni 125 foizga, keyin esa 145 foizga oshirdi. O‘z navbatida, Xitoy AQSh tovarlariga bojlarni 125 foizgacha oshirdi.

Kiritildi: 20:18 11.05.2025. O'qildi: 521 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!