Qo‘shma Shtatlar Venesuela bilan urush qilish niyatida emas.
Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp CBS News telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qilgan.
Jurnalist Nora O"Donnell prezidentdan AQSh Venesuela bilan urush boshlash niyatidami yoki yo‘qligini so‘radi. "Men bunga shubha qilaman. Men bunday deb o‘ylamayman", deb javob berdi Tramp.
U, shuningdek, giyohvand moddalar va migrasiya muammolarini tilga olib, ularni hal qilish uchun harbiy mojaro boshlash istagi yo‘qligini bildirdi.
Tramp avvalroq Venesuela hududiga zarba berish haqida o‘ylamasligini ta’kidlagan edi. Biroq, Amerika rahbarining bu bayonotlaridan so‘ng, AQSh Janubiy Amerika mamlakati qirg‘oqlarida o‘z harbiy-dengiz guruhining zarba berish imkoniyatlarini kuchaytirayotgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi.