Bugun 20 sentyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Tramp: "AQSh va Daniya Grenlandiya bo‘yicha kelishuvga erishdi"

Tramp: "AQSh va Daniya Grenlandiya bo‘yicha kelishuvga erishdi"

AQSh prezidenti Donald Tramp AQSh va Daniya Grenlandiya xavfsizligi uchun mas’uliyatni Vashingtonga o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishganini e’lon qildi.

Bu haqda AQSh prezidenti Truth Social ijtimoiy tarmoqda sahifasida yozdi.

"Qo‘shma Shtatlar Daniya va Grenlandiya Qirolligi bilan Grenlandiyadagi xavfsizlik va boshqa ehtiyojlar ustidan doimiy nazoratni ta’minlaydigan kelishuvga erishganini e’lon qilishdan mamnunman", deb yozgan Tramp.

Oq uy rahbari Vashingtonga orol va Qo‘shma Shtatlar xavfsizligini ta’minlash uchun Grenlandiyada "zarur bo‘lgan hamma narsani qilish" vakolati berilganini ta’kidladi. Trampning so‘zlariga ko‘ra, kelishuvda shuningdek, Grenlandiyadagi har qanday harbiy mavjudlik yoki investisiya Vashingtonning "yozma roziligini" talab qilishi belgilangan.

"Biz darhol Grenlandiyaning tegishli qismida katta miqdordagi harbiy mavjudlikni o‘rnatish jarayonini boshlaymiz", deb qo‘shimcha qildi AQSh prezidenti.

Kiritildi: 10:30 19.09.2026. O'qildi: 631 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!