Qo‘shma Shtatlarga suv orqali yetib kelayotgan giyohvand moddalar oqimi 97 foizga kamaydi va Amerika rasmiylari yaqin orada quruqlik orqali giyohvand moddalar kontrabandasiga qarshi operasiyalarni boshlaydilar.
Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uyda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
"Sizga suv orqali tashiladigan giyohvand moddalar hajmi 97 foizga kamayganini aytishim mumkin", dedi u. "Tez orada biz quruqlik orqali kelayotgan giyohvand moddalarni nishonga olishni boshlaymiz. Biz ularning qayerdan kelayotganini aniq bilamiz" - dedi Tramp