Bugun 28 iyul, 2026 yil, seshanba

КИР

Tramp AQSh terma jamoasi futbolchisi bo‘yicha chiqarilgan shov-shuvli qarordan so‘ng FIFAga murojaat qildi

Tramp AQSh terma jamoasi futbolchisi bo‘yicha chiqarilgan shov-shuvli qarordan so‘ng FIFAga murojaat qildi

Futbol muxlislari FIFAning shov-shuvga sabab bo‘lgan qarorini muhokama qilishmoqda: Folarin Balogun qizil kartochka olganiga qaramay, Jahon chempionatining 1/8 finalida Belgiyaga qarshi o‘yinda maydonga tusha oladi. Gap shundaki, FIFA Balogunga nisbatan bir yillik sinov muddati bilan shartli diskvalifikasiya qo‘llashga qaror qildi.

Balogun jiddiy qoidabuzarlik uchun maydondan chetlatilgani sababli, bu qaror keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. FIFAning bunday qaror qabul qilishiga tashkilot prezidenti Janni Infantino va AQSh prezidenti Donald Tramp o‘rtasidagi do‘stlik aloqalari sabab bo‘lgani haqida gap-so‘zlar tarqaldi. Darvoqe, Trampning o‘zi ham Balogun bilan bog‘liq vaziyatga munosabat bildirdi.

«To‘g‘ri ish yo‘lini tutgani va katta adolatsizlikni tuzatgani uchun FIFAga rahmat!», — deb yozdi Tramp ijtimoiy tarmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Jahon chempionati AQSH, Kanada va Meksika mezbonligida bo‘lib o‘tmoqda.

Kiritildi: 23:36 05.07.2026. O'qildi: 865 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!