AQSh prezidenti Donald Tramp fentanilni ommaviy qirg‘in quroli sifatida tasniflash haqidagi farmonni imzolashini ma’lum qildi.
Tramp bu haqda Oq uyda jurnalistlar bilan suhbatda ma’lum qilgan.
"Bugun men imzolaydigan ushbu tarixiy ijro qarori bilan biz rasman fentanilni ommaviy qirg‘in quroli sifatida tasniflaymiz, aynan shunday. Hech qanday bomba buni qila olmaydi", - dedi Tramp.
U muammo ko‘lamini ta’kidlab, ma’muriyat ma’lumotlariga ko‘ra, fentanil "har yili 200 mingdan 300 minggacha odamni o‘ldirishini" ta’kidladi.