Qo‘shma Shtatlar yetakchisi bu haqda Polsha prezidenti Karol Navroskiy bilan Oq uydagi uchrashuvda ma’lum qildi.
"Biz hech qachon Polshadan qo‘shinlarimizni olib chiqish imkoniyatini ko‘rib chiqmaganmiz. Buni boshqa davlatlar bo‘yicha ko‘rib chiqyapmiz, ammo biz Polshani to‘liq qo‘llab-quvvatlaymiz va unga o‘zini himoya qilishda yordam beramiz", — dedi Oq uy rahbari Vashingtonda.
Tramp, shuningdek, agar Varshava xohlasa, Qo‘shma Shtatlarning Polshadagi harbiy ishtiroki oshirilishi mumkinligini ta’kidladi.
"Tramp Polshaga xavfsizlik kafolatlarini berdi va bizning harbiy sohadagi ittifoqchi sifatidagi hamkorligimizni alohida ta’kidladi, bu katta yutuqdir", — dedi Navroskiy Tramp bilan uchrashuvdan so‘ng.
Polsha prezidenti, shuningdek, Trampni Varshavaga tashrif buyurishga taklif qildi, biroq ushbu ehtimoliy tashrif sanasi hali belgilanmagan.