AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp Nyu-Jersi va Nyu-York osmonida ko‘rinib turgan noma’lum uchuvchisiz uchish apparatlarini, agar mamlakat rasmiylari ular haqida batafsil ma’lumotni oshkor qilmasa, urib tushirishni taklif qildi.
Siyosatchi bu fikrini Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida bildirgan.
"Mamlakat bo‘ylab sirli uchuvchisiz uchish apparatlari kuzatilgan. Bu haqiqatan ham hukumatimiz bilmagan holda sodir bo‘layotgan bo‘lishi mumkinmi? Menimcha, unday emas! Bu haqda hoziroq jamoatchilikka ayting! Bo‘lmasa, ularni urib tushiring!" - deb yozgan Tramp.
Bungacha noma’lum dronlar Nyu-York osmonida paydo bo‘lgan, ularni 12 dekabr kuni ko‘plab shahar aholisi payqagan. Fuqarolarning dronlar haqida davlat idoralariga ommaviy xabarlari bo‘lishiga qaramay, ularning uchirilgan joyini aniqlashning imkoni bo‘lmadi va ertasi kuni Amerika poytaxti ustida dronlar paydo bo‘lishini to‘xtatdi.
Oq uy Milliy xavfsizlik kengashining strategik kommunikasiyalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi jurnalistlar uchun o‘tkazilgan brifingda Milliy xavfsizlik departamenti va Federal tergov byurosi Nyu-Jersi ustidan uchuvchisiz uchoqlar masalasini ko‘rib chiqayotganini aytdi. Uning ta’kidlashicha, Amerika rasmiylari "bu muammoga jiddiy qarashadi".