Bugun 14 may, 2026 yil, payshanba

КИР

Tramp AQSh mustaqilligining 250 yilligi sharafiga 250 kishini avf etmoqchi

Tramp AQSh mustaqilligining 250 yilligi sharafiga 250 kishini avf etmoqchi

AQSh prezidenti Donald Tramp 4 iyul kuni bo‘lib o‘tadigan AQShning 250 yilligini nishonlash uchun ramziy harakat sifatida 250 kishini afv etish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, deb xabar bermoqda The Wall Street Journal (WSJ) manbalarga tayanib.

Reja hali ham dastlabki muhokamalar bosqichida, Tramp afv etish uchun ko‘rib chiqayotgan aniq shaxslar aniqlanmagan, deya aniqlik kiritadi gazeta.

Biroq uning atrofidagi xodimlar bu tashabbusga qarshi chiqmoqda. Ular kuzdagi oraliq saylovlarga qadar juda ko‘p afvlar berilishi yoki umuman afv etilmasligidan xavotirda ekanliklarini bildirishdi, deb yozadi WSJ.

WSJ nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, Tramp ushbu avf etish qarorini 14 iyun kuni e’lon qilishi mumkin. Shu sanada AQShda Bayroq kuni nishonlanadi, Trampning o‘zi esa tug‘ilgan kunini nishonlaydi, deyiladi xabarda.

WSJ ta’kidlashicha, Trampning ikkinchi muddat davomida afv etish huquqidan faol foydalanishi so‘rovlar sonining keskin oshishiga olib kelgan. O‘tgan yili ularning soni 16 mingdan oshdi - bu 1937 yildan beri rekord ko‘rsatkichdir.

Kiritildi: Bugun 15:05. O'qildi: 226 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!