Bugun 24 aprel, 2026 yil, juma

КИР

Tramp AQSh harbiylariga Ho‘rmuzda mina o‘rnatayotgan Eronning har qanday kemasini yo‘q qilishga buyruq berdi

Tramp AQSh harbiylariga Ho‘rmuzda mina o‘rnatayotgan Eronning har qanday kemasini yo‘q qilishga buyruq berdi

AQSh prezidenti bu haqda o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.

"Men AQSh Harbiy-dengiz kuchlariga Ho‘rmuz bo‘g‘ozi suvlariga mina o‘rnatayotgan har qanday qayiqni, ular xoh kichik bo‘lsin o‘qqa tutish va yo‘q qilish haqida buyruq berdim. Hech qanday ikkilanish bo‘lmasligi kerak. Bundan tashqari, bizning mina tozalovchi kemalarimiz hozirda bo‘g‘ozni tozalamoqda", — deb yozdi Oq uy rahbari.

Tramp, shuningdek, AQSh bo‘g‘oz ustidan “to‘liq nazorat” o‘rnatganini ta’kidladi.

"AQSh Harbiy-dengiz kuchlarining ruxsatisiz hech bir kema Ho‘rmuzga kira olmaydi va u yerdan chiqib keta olmaydi. Eron kelishuvga erishmaguncha, bu hudud “zich yopilgan” holatda qoladi", — deya qayd etdi prezident.

Bundan tashqari, Tramp Eron rahbariyatidagi ichki nizolarga ishora qildi. AQSh yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, jang maydonida yutqazayotgan “radikallar” va “mo‘’tadillar” o‘rtasidagi kurash mamlakatni qiyin ahvolga solib qo‘ygan.

Kiritildi: Bugun 08:09. O'qildi: 251 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!