Donald Tramp AQSh Grenlandiyani sotib olishi kerakligini aytdi.
"Milliy xavfsizlik va butun dunyoda erkinlikni ta’minlash maqsadida Qo‘shma Shtatlar Grenlandiyaga egalik qilish va boshqarishni mutlaq zarurat deb hisoblaydi", — deya fikr bildirdi AQShning saylangan prezidenti.
Tramp o‘zining birinchi prezidentlik muddati davrida ham Grenlandiyani sotib olish taklifini ilgari surgan, ammo Daniya bunga ochiqchasiga rad javobini bergan edi.
Bu Trampning boshqa davlatlarga nisbatan birinchi hududiy da’vosi emas. AQShning saylangan prezidenti avvalroq Panama kanalini qaytarib olish bilan tahdid qilgan edi. Shuningdek, Kanada va Meksika AQShning shtatlariga aylanishi kerakligini ham aytgandi.