Bugun 13 may, 2026 yil, chorshanba

КИР

Tramp AQSh Germaniyadagi qo‘shinlarini Polshaga ko‘chirishi mumkinligini aytdi

Tramp AQSh Germaniyadagi qo‘shinlarini Polshaga ko‘chirishi mumkinligini aytdi

"Polsha bundan mamnun bo‘lar edi. Bizning Polsha bilan aloqalarimiz juda yaxshi. Men ularning prezidenti bilan ham yaxshi munosabatdaman. Shuning uchun bu ehtimoldan holi emas", — dedi AQSh prezidenti jurnalistlarga.

Polsha prezidenti Karol Navroskiy 6 may kuni Polsha Germaniyadan chiqariladigan AQSh qo‘shinlarini qabul qilishga tayyorligini bildirgan. U hatto buni Trampdan shaxsan so‘rashini aytgan.

Polsha mudofaa vaziri Vladislav Kosinyak-Kamish ham 9 may kuni Trampning bayonotlarini olqishlagan.

"Polsha – AQSh ittifoqi xavfsizligimizning asosidir. Varshava NATO'ning sharqiy qanotini mustahkamlash va Yevropani yanada yaxshiroq himoya qilish uchun ko‘proq amerikalik askarlarni qabul qilishga tayyor", — deb yozgan u X ijtimoiy tarmog‘ida.

Ma’lumot uchun, shu oy boshida Pentagon Germaniyadagi harbiy bazalardan 5 ming nafar amerikalik askar olib chiqilishini tasdiqlagan edi. Bu qaror Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Trampning Germaniya kansleri Fridrix Mers bilan Eron urushi masalasidagi bahsidan keyin aytgan tahdidini amalga oshirish sifatida baholangandi. Tramp keyinchalik Pentagon Germaniyadagi askarlarini 5 ming nafardan ham ko‘proq qisqartirishi mumkinligini bildirgandi.

Kiritildi: Bugun 09:50. O'qildi: 160 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!