AQSh ma’muriyati import qilinadigan farmasevtika mahsulotlariga bojxona to‘lovlarini joriy qilmoqchi.
Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp poytaxtda Respublikachilar partiyasi milliy qo‘mitasi uchun mablag‘ yig‘ish tadbirida so‘zlagan nutqida aytib o‘tdi.
"Biz qilishimiz kerak bo‘lgan ishni qilamiz. Biz farmasevtika mahsulotlariga tariflarni joriy qilamiz. Hammadan ustunligimiz shundaki, biz katta bozormiz. Shuning uchun yaqin kelajakda farmasevtika mahsulotlariga katta tariflar joriy etilishini e’lon qilamiz", - deya ta’kidladi Amerika rahbari.
Eslatib o‘tamiz, Tramp 2 aprel kuni 185 ta davlat va hudud mahsulotlariga bojxona to‘lovlari joriy etilishini ma’lum qilgan edi. 10 foizlik universal tariflar 5 apreldan kuchga kirdi, individual tariflar 9 apreldan boshlanadi.