AQSh prezidenti Donalbd Tramp Qo‘shma Shtatlar yaqinda Eron yadroviy santrifugalari joylashgan deb taxmin qilingan Natanz hududiga zarba berishini ma’lum qildi.
Tramp bu bayonotni Livanlik hamkasbi Jozef Aun bilan Oq uyda uchrashuv paytida aytgan.
"Biz bu hududga juda tez orada, ehtimol juda tez orada zarba beramiz va ular bu haqda hech narsa qila olmaydilar... Biz bu hududda juda tez orada va juda qat’iyatli harakat qilamiz", dedi u Eron o‘z santrifugalarini Natanz yaqinidagi Kirk tog‘iga ko‘chirganmi yoki yo‘qmi degan savolga izoh berar ekan.