AQSh prezidenti Donald Tramp Qo‘shma Shtatlar yadroviy sinovlar o‘tkazishini tasdiqladi, ammo bu jangovar kallaklarni portlatish yoki portlatmaslikni aniqlashtirishdan bosh tortdi.
Amerika yetakchisi bu haqda CBS News telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qilgan.
Trampning ta’kidlashicha, Qo‘shma Shtatlar yadro qurolini "ularning qanday ishlashini ko‘rish" uchun sinovdan o‘tkazishi kerak. Uning ta’kidlashicha, "Rossiya sinovdan o‘tkazayotganini e’lon qilgan", Shimoliy Koreya esa "doimiy ravishda yadro qurolini sinovdan o‘tkazadi".
"Biz bu qurollarni sinovdan o‘tkazmaydigan yagona davlat bo‘lib qolishimizni istamayman", — dedi Tramp.
Boshlovchi prezidentdan bu Qo‘shma Shtatlar 30 yildan ko‘proq vaqt o‘tgach jangovar kallaklarni portlatishni qayta boshlashini anglatadimi, deb so‘radi. "Men aytmoqchimanki, biz ham xuddi boshqa davlatlar singari yadro qurolini sinovdan o‘tkazamiz", deb javob berdi Tramp.