Bugun 18 sentyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Tramp Antifa antifashistlar harakatini “terroristik tashkilot” deb e’lon qildi — CNN

Tramp Antifa antifashistlar harakatini “terroristik tashkilot” deb e’lon qildi — CNN


AQSh prezidenti o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida amerikalik antifashistlar harakatini “radikal so‘l qanot ofati” deb atadi va uni “terroristik tashkilot” deb e’lon qildi. Tramp, shuningdek, Antifa'ni moliyalashtirayotgan shaxslar bo‘yicha tergov o‘tkazishni talab qildi.

Biroq Oq uy rahbarining bu bayonoti huquqiy kuchga egami yoki yo‘qmi hozircha noma’lum. Tramp ilgari ham, xususan, Black Lives Matter norozilik namoyishlari vaqtida, Antifa'ni “terroristik tashkilot” deb tan olishni taklif qilgan edi.

"Bu galgi bayonotga Donald Trampning tarafdori va konservativ faol Charli Kirkning o‘ldirilishi sabab bo‘ldi. AQSh prezidenti Kirkning o‘ldirilishiga bergan ilk munosabatlaridan birida uning o‘limida “radikal so‘l qanot”ni ayblagan edi.

Kiritildi: Bugun 17:15. O'qildi: 327 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!