Bugun 24 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

Tramp “Amerika ovozi”ning 639 nafar muxbirini ishdan bo‘shatdi

Tramp “Amerika ovozi”ning 639 nafar muxbirini ishdan bo‘shatdi

“Amerika ovozi”ning 639 nafar jurnalistlari prezident Donald Tramp ma’muriyati tomonidan ishdan bo‘shatildi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Ma’muriyatning ta’kidlashicha, bu harakatga agentlikning “disfunksiya, tarafkashlik va isrofgarchilik bilan to‘lib-toshgani” sabab bo‘lgan. Nashr ikkinchi jahon urushi davrida nasistlar tashviqotiga qarshi tashkil etilgan edi.

Agentlikning bosh milliy muxbiri Stiv Xerman bu harakatni “o‘z-o‘zini sabotaj qilishning tarixiy harakati” deb atadi. Ishdan bo‘shatilganlar orasida ma’muriy ta’tilda bo‘lgan, ammo o‘tgan hafta Isroil Eronga hujum qilganidan keyin ishga chaqirilgan fors tilida so‘zlashuvchi muxbirlar bor edi.

Associated Press agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, fors muxbirlari 20 iyun kuni sigaret chekish uchun ofisdan chiqqan. Ishdan bo‘shatish to‘g‘risidagi e’lon bo‘lganidan keyin esa ularning binoga qayta kirishiga ruxsat berilmagan.

“Bugun biz nazoratdan tashqaridagi federal byurokratiyani qisqartirish bo‘yicha prezident Trampning kun tartibini amalga oshirish uchun qat’iy choralar ko‘rdik”, dedi prezident agentlik rahbari etib tayinlagan Kari Leyk.

Umuman olganda, mart oyidan beri agentlik xodimlarining 85 foizdan ortig‘i — 1 400 ga yaqin xodim ishsiz qolgan.

Kiritildi: 19:58 22.06.2025. O'qildi: 931 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!