Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu Eron xalqiga murojaat qildi.
Tegishli murojaat Isroil bosh vazirining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida e’lon qilindi.
Netanyaxu eronliklarni "ozodlik uchun kurashishga" chaqirdi.
"Bizning asoschi otamiz Teodor Gersl (Jahon sionistik tashkilot asoschisi) yahudiy davlati haqida aytganidek: "Agar xohlasangiz, bu tush emas".
Va men sizga aytaman, agar xohlasangiz, Eronni ozod qilish orzu emas. Endi harakat qilish vaqti keldi. Endi ozodlik uchun kurashish vaqti keldi. Erkin Eron, agar xohlasang, bu orzu emas. Siz yolg‘iz emassiz, men siz bilanman. Isroil siz bilan. Eron eronliklar uchun!" - dedi Netanyaxu.