AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya bilan davlatlararo almashinuv doirasida ozod etilgan balerina Kseniya Karelina bilan uchrashdi.
Bu haqda prezidentning maxsus yordamchisi Margot Martin X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qilgan.
"Tramp Rossiya qamoqxonasidan chiqqan amerikalik balerina Kseniya Karelina bilan uchrashdi”, dedi u.
Martin Trampning Karelina bilan uchrashuvi aks etgan videotasvirni ham e’lon qildi.