Shu bilan birga, Qo‘shma Shtatlar prezidenti Rossiya bu sanksiyalarni chetlab o‘tishi mumkinligini ham tan oldi.
"Biz Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy qilamiz, lekin, Putin sanksiyalarga qarshi ishlashda ancha mohir. U cheklovlarni chetlab o‘ta oladi", — dedi Donald Tramp Newsmax telekanaliga bergan intervyusida.
"Putin kuchli shaxs, bu boradagi fikrim o‘zgarmagan. Bizda ko‘plab yaxshi suhbatlar bo‘lgan. Unda hammasini yakunlash imkoniyati mavjud edi va to‘satdan Rossiya Ukrainani yana bombardimon qilishni boshladi", — deya qo‘shimcha qildi AQSh yetakchisi.
Trampning fikricha, Putin butun Ukraina hududi ustidan nazorat o‘rnatishga intilmoqda, biroq buni amalga oshirish judayam qiyin bo‘ladi.