Donald Tramp xorijliklarga AQSh fuqaroligini olish imkonini beruvchi 5 million dollarlik “oltin karta” dizaynini namoyish qildi.
"Bilasizmi, bu qanday karta? Bu “oltin karta”. 5 million dollar evaziga bu sizniki bo‘lishi mumkin. Bu kartalarning birinchisi", – dedi AQSh prezidenti Air Force one samolyoti bortida jurnalistlar bilan muloqot chog‘ida.
Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, “oltin karta” dasturining rasmiy ishga tushirilishi ikki haftadan kamroq vaqt ichida amalga oshiriladi.