AQSh prezidenti Donald Tramp 2026 yil boshida iqtisodiy va moliyaviy jinoyatlarda ayblangan qator shaxslarni afv etish haqida qarorlar qabul qildi.
Oq uy ma’lumotlariga ko‘ra, gap asosan soliq qonunbuzarliklari, korporativ firibgarlik va moliyaviy suiiste’mollar bilan bog‘liq ishlarda mahkum etilgan “oq yoqali” jinoyatchilar haqida bormoqda. Afv etilganlar orasida yirik biznes va moliya sohasi vakillari ham bor.
Tramp ma’muriyati bu qarorlarni “adolatni tiklash” va “ortiqcha jazolarni yumshatish” bilan izohlamoqda. Tanqidchilar esa afvlar elita manfaatlarini himoya qilish sifatida baholanmoqda.