Yangi Toyota Prius LE 100 km uchun 2,5 litr yoqilg‘i sarfladi. Bu avtomobillar orasidagi eng past ko‘rsatkichdir. Bir to‘liq bak bilan mashina 1700 km yo‘l bosib o‘tdi. Natija hatto Toyotani ham hayratda qoldirdi.
Mashina Los-Anjelesdan yo‘l olgan va Nyu-Yorkdagi City Hall binosi yonida to‘xtagan. Sayohat uzunligi 5169 km’ni tashkil etdi. Yo‘l davomida mashina sahrodan o‘tgan va hatto 2100 metr balandlikka toqqa ham ko‘tarilgan.