Bugun 19 may, 2025 yil, dushanba

КИР

"Toshturma" buzib tashlandi, o‘rnida nima qurilishi noma’lum (foto)

A A A
"Toshturma" buzib tashlandi, o‘rnida nima qurilishi noma’lum (foto)

Toshkent shahri Yunusobod tumanida joylashgan, xalq orasida Toshturma nomi bilan mashhur bo‘lgan sobiq hibsxona buzib tashlandi. UZ24 tahririyatiga binoning buzilgan holati aks etgan fotosuratlar kelib tushdi.

Hukumatning 2018 yil 22 martdagi farmoyishiga asosan poytaxtning Namangan ko‘chasi 1-uy manzilida joylashgan 1-son hibsxonasi joylashgan bino va inshootlar Toshkent shahar hokimligiga o‘tgandi.

Toshkent shahar hokimligiga mazkur ob’ektni uch oy muddatda buzish, buzishdan bo‘shagan yer maydonini obodonlashtirish va unda barcha infratuzilma ob’ektlari mavjud bo‘lgan zamonaviy xiyobon (dam olish maskani) barpo etish vazifasi yuklangandi.

Hokimlik matbuot xizmatining UZ24 ga ma’lum qilishicha, Investor topilsa, ko‘p qavatli uy quriladi. Investor topilmasa, bino o‘rnida dam olish maskani qurish rejalashtirilmoqda.

Buzilgan bino o‘rnida nima qurilishi, Navro‘z bayramidan so‘ng investorlar uchun o‘tkaziladigan ochiq eshiklar kunida ma’lum bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur hibsxona 2018 yilning yanvar oyida Zangiota tumaniga ko‘chirilgan.

Kiritildi: 18:21 05.03.2019. O'qildi: 8431 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!