Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Toshkentning ikki tumanida issiq suv vaqtincha to‘xtatiladi

A A A
Toshkentning ikki tumanida issiq suv vaqtincha to‘xtatiladi

Shayxontohur va Olmazor tumanlarining ayrim hududlarida issiq suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

⚙️ Issiqlik tarmoqlarida avariyaviy ta’mirlash ishlari olib borilishi va tegishli jihozlarni almashtirish zarurati tufayli bugun, 15 may kuni quyidagi manzillarda issiq suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi:

📍Olmazor tumani: Medgorodok dahasi, ToshG‘osMI, ToshMI-2 kasalxonasi, Xadjayev dahasi, Farobiy dahasi, ToshGUPI, Olimpiya dahasi, Tansiqboyev dahasi-1,2,3,4, Chimboy va Qoraqamish dahalari.

📍Shayxontoxur tumani: Ibn-Sino-1,2 dahasi, Beltepa dahasi, Jar-Ariq va Xuvaydo dahalari.

✅ Issiq suv ta’minoti ta’mirlash ishlari tugallanishi bilan tiklanadi (taxminan 16 mayda).

“Veolia Energy Tashkent” MCHJ XK yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi va ishlarni belgilangan muddatlarda yakunlash bo‘yicha zarur choralarni ko‘radi.

Kiritildi: 21:19 15.05.2024. O'qildi: 1402 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!