Bugun 24 may, 2025 yil, shanba

КИР

Toshkentning ayrim ko‘chalari 20 kunga yopiladi

A A A
Toshkentning ayrim ko‘chalari 20 kunga yopiladi

10 oktyabrdan 30 oktyabrgacha issiqlik mavsumiga tayyorgarlik doirasida Yashnobod tumanida qator ko‘chalar bo‘ylab avtomobil yo‘l qatnovining ma’lum qismini yopgan holda tarmoq quvurlarini o‘tkazish ishlari olib boriladi.

Bunda, Ashrafiy va Izzat ko‘chalari chorrahasidan Birlashgan va Izzat ko‘chalari chorrahasigacha - diametri 600 mm va uzunligi 60 m quvurlar almashtiriladi.

Avtomobil qatnov yo‘li Ashrafiy va Izzat ko‘chalari chorrahasidan Beshariq va Izzat ko‘chalari chorrahasigacha yopiladi.

Mazkur ishlar issiq suv ta’minoti iste’molchilariga cheklovlarsiz amalga oshiriladi.

Kiritildi: 08:58 10.10.2023. O'qildi: 1171 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!