Toshkentning 5 tumanida 107 ta “dom” va yuzlab yerli xonadonda vaqtincha gaz bo‘lmaydi. Ta’mirlash ishlari tufayli quyidagi hududlarda ta’minot to‘xtatiladi:
🔸Yakkasaroy tumani (11:00 dan 18:00 gacha): “Damariq” MFYdagi 12 ta ko‘p qavatli uyda;
🔸Mirobod tumani (11:00 dan 18:00 gacha): Nukus ko‘chasidagi 3 ta ko‘p qavatli uyda;
🔸Olmazor tumani (10:30 dan 15:00 gacha): “Xastimom” va “Hazrati Imom” MFYlarda 275 ta yerli xonadonda;
🔸Shayxontohur tumani (10:30 dan 15:00 gacha): “Gulbozor” MFYdagi 80 ta yerli xonadon, 54 ta ko‘p qavatli uyda;
🔸Yunusobod tumani (10:00 dan 18:00 gacha): “Buyuk Turon” va “Posira” MFYlardagi 150 ta yerli xonadon, 34 ta ko‘p qavatli uyda.