Bugun 7 yanvar, 2025 yil, seshanba

КИР

Toshkentga olib kelingan noyob hayvonlar e’tiborsizlik natijasida nobud bo‘ldi

Toshkentga olib kelingan noyob hayvonlar e’tiborsizlik natijasida nobud bo‘ldi

Qoidaga zid tashish oqibatida yo‘q bo‘lish xavfi ostidagi yovvoyi hayvonlar xalok bo‘ldi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi Axborot xizmatiga asoslanib, "qalampir" nashri xabar berdi.

Ma’lumotga ko‘ra, Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida “Kuala Lumpur–Toshkent” uchib kelgan fuqaro Y.N. bojxona nazoratidan o‘tayotganda bojxona deklarasiyasida o‘zi bilan 4 turdagi 20 dona yovvoyi qushlar hamda 10 bosh bengal yovvoyi o‘rmon mushugini olib kelayotganini qayd etadi. 


Bu shaxs noyob turdagi hayvonlarni olib kirishda O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun normalariga rioya qilmagan. Davlat ekologiya qo‘mitasi ekspertlarining xulosasiga ko‘ra, olib kelingan 2 turdagi 4 dona to‘ti hamda 10 bosh bengal yovvoyi o‘rmon mushugi bolalalari yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostidagi hayvonlar turkumiga kiradi. Shu sabab, bu turdagi hayvonlarni bojxona chegarasi orqali olib o‘tishda xalqaro SITES ruxsatnomasi bo‘lishi kerak bo‘lgan.
Bu turdagi ruxsatnomasi bo‘lmagan Y.N.ning harakati g‘ayriqonuniy, deb topildi. G‘ayriqonuniy ravishda olib kirishga urinish chog‘ida ushlab qolingan yovvoyi hayvonlar olib qo‘yilib Toshkent hayvonot bog‘iga vaqtincha saqlash uchun topshirildi. Ammo hayvonlarni tashish qoidalariga rioya etilmagani sabab yovvoyi qushlarning 2 tasi nobud bo‘lgan. Keyinchalik yana 7 bosh bengal yovvoyi o‘rmon mushugi bolalalari va 2 turdagi 8 dona yovvoyi qushlar ham nobud bo‘lgan.


Xalqaro normalarga ko‘ra, yovvoyi hayvonlarni tashish uchun mo‘ljallangan konteynerlar muayyan talablarga javob berishi, har bir qafasga jonivorlar 1 donadan joylashtirilishi, ularda yem va suvdon, ventilyasiya teshiklari bo‘lishi zarur edi.

Kiritildi: 11:37 30.05.2018. O'qildi: 3143 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!