Bugun 8 yanvar, 2025 yil, chorshanba

КИР

Putinning imperiyaviy da’volari saqlanib qolgan

Putinning imperiyaviy da’volari saqlanib qolgan

AQSh Davlat kotibiga ko‘ra, Ukrainaning Kursk viloyatidagi pozisiyalari tinchlik muzokaralari uchun muhim.

Entoni Blinken Kiyevga yangi harbiy yordam yetkazib berish sababini shunday izohladi. Shu bilan birga, u Rossiya Mudofaa vazirligining Ukraina Qurolli Kuchlari Kursk viloyatida qarshi hujum boshlagani haqidagi xabariga munosabat bildirmadi.

"Ukraina Qurolli Kuchlarining Kursk viloyatidagi pozisiyasi muhim. Chunki bu joriy yilda o‘tkazilishi ehtimoli bo‘lgan har qanday muzokaralarda katta ahamiyat kasb etadi", — deya amerikalik amaldorning so‘zlarini keltiradi Barron's nashri.

Blinkenning qayd etishicha, jangovar harakatlar to‘xtasa ham, Ukrainaga Putin yana hujum qilmasligi uchun "etarli kafolatlar" kerak bo‘ladi.

"Putinning imperiyaviy da’volari saqlanib qolgan. Rossiya dam olish, qayta qurollanish va natijada yana hujum qilishga urinishi mumkin", — deya qo‘shimcha qildi AQSh Davlat departamenti rahbari.

Kiritildi: 20:09 06.01.2025. O'qildi: 1428 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!