Bugun 8 yanvar, 2025 yil, chorshanba

КИР

Surxondaryoda o‘quvchilarni yupun kiyimda tadbirga jalb qilganlar jazolandi

A A A
Surxondaryoda o‘quvchilarni yupun kiyimda tadbirga jalb qilganlar jazolandi

Ijtimoiy tarmoqlarda «o‘quvchilarni sovuq havoda yupun kiyimda tadbirga jalb qilingani» aks etgan video tarqaldi.

Aniqlanishicha, ushbu holat 2024 yilning 6 dekabr kuni Surxondaryo viloyati, Denov tumani hududidan o‘tgan avtomobil yo‘li bilan bog‘lovchi, temir yo‘l ustidan o‘tgan ko‘prikning foydalanishga topshirilishi marosimida kuzatilgan.

Marosimga Denov tumanidagi 14- va 16-musiqa maktablarining o‘quvchilari (16 nafar qiz hamda 4 nafar o‘g‘il bola) ob-havo sovuq bo‘lishiga qaramay, tumanning Madaniyat boshqarmasi topshirig‘iga binoan yengil bayramona kiyimlarini kiygan holda jalb qilingan.

Ushbu holat yuzasidan Bolalar ombudsmani O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga bolalarning sog‘ligini xavf ostiga qo‘ygan mas’ullarga tegishli chora ko‘rish va bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan taqdimnoma kiritdi.

Taqdimnoma Madaniyat vazirligi tomonidan o‘rganib chiqilib, bolalarning sog‘ligini xavf ostiga qo‘yilgani yuzasidan hududning tegishli mansabdor shaxslariga nisbatan intizomiy jazo qo‘llanildi.

Shuningdek, vazirlik tasarrufidagi tashkilotlarga yuqorida qayd etilgan qonun buzilish holatlariga takroran yo‘l qo‘ymaslik, o‘quvchilarni har qanday tadbirlarga asossiz jalb qilishni qat’iyan taqiqlash choralarini ko‘rishga oid ko‘rsatmalar Madaniyat vazirligi tomonidan berildi.

Kiritildi: 17:22 06.01.2025. O'qildi: 1312 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!