Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Toshkentdan Namanganga uchayotgan samolyot yo‘lovchilari bilan ertalabdan beri sababsiz ushlab turilgani aytilmoqda

Toshkentdan Namanganga uchayotgan samolyot yo‘lovchilari bilan ertalabdan beri sababsiz ushlab turilgani aytilmoqda

O‘zbekiston havo yo‘llarining HY0095 aviareysi ertalab 8:00 dan beri yo‘lovchilari bilan ushlab turilibdi, deb yozadi «Bakiroo» Telegram kanali. Bu haqda "Daryo" sayti yozmoqda.

«Ayrim yo‘lovchilar bir necha soatdan buyon samolyot ichida. Holsizlikdan hushidan ketganlar ham bor, uchta tez yordam mashinasi keldi. Bort kuzatuvchilar samolyot bortini tark etganlarga aviachipta qiymati qoplanmasligini aytmoqda.

Norozilik bildirganlar vaziyatga izoh so‘raganlari va jarayonni videoga olgani uchun milisiya naryadi chaqirildi, norozi ayollar huquqlarini talab etgani uchun alohida ayol milisiya xodimi ham yetib keldi.

Samolyot bortida o‘nlab xorijliklar ham bor.

Mana shunaqa monopoliya. Mana shunaqa havoshka.

Uchish-uchmaslik borasida aniqlik bo‘lmagach samolyotni bir necha yo‘lovchilar bilan birga tark etdim. Havoshka (vakillari) na uzr va na tazarru bildirdi. Kompensasiya haqida-ku gap bo‘lishi ham mumkin emas ekan.

Samolyotda chaqaloqli ayollar, bolalar, qariyalar qolmoqda. Hech qursa ularga issiq choy, ovqat berilsa bo‘lardi. Au, havoshka!», — deb yozadi Telegram kanal muallifi.

Kiritildi: 16:34 09.12.2019. O'qildi: 2507 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!