Bugun 17 may, 2025 yil, shanba

КИР

Toshkentdagi yong‘in qariyb 3 soatda bartaraf etildi

Toshkentdagi yong‘in qariyb 3 soatda bartaraf etildi

15 may kuni Toshkent shahar Mirobod tumanida joylashgan Shimoliy vokzal hududidagi vagon ta’mirlash deposida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt FVB matbuot xizmati xabar berdi.

Yong‘in to‘g‘risida xabar 23:58 da kelib tushgan bo‘lib, yong‘in-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga 00:03 da yetib borgan. Yong‘in soat 01:31 da qurshab olingan va 02:48 da, qariyb 3 soatda, to‘liq o‘chirilgan.

Favqulodda hodisa oqibatida tan jarohati olganlar haqida ma’lumotlar yo‘q. Hozirda yong‘inning sabablari va yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Kiritildi: 11:22 16.05.2025. O'qildi: 641 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!