Bugun 1 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

«Bularning barchasi Rossiyaning qo‘li bilan qilingan» — Ozarboyjon TV Putinga tanqid bilan tashlandi

«Bularning barchasi Rossiyaning qo‘li bilan qilingan» — Ozarboyjon TV Putinga tanqid bilan tashlandi

Ozarboyjon TVda Rossiya manziliga tanqid yog‘dirildi. Shuncha payt o‘zaro munosabatlarga rahna solmaslik uchun Moskvani ayab kelayotgan Boku Rossiyaning Yekaterinburg shahrida ozrboyjonlik biznesmenlar o‘ldirilgach, haqiqatni ro‘y-rost efir orqali so‘yladi.

«To‘g‘risini aytish kerak, prezident Ilhom Aliyev aytganidek, 44 kunlik urushda qozonilgan g‘alaba juda ko‘p yirik loyihalarga turtki berdi. Loyihalar siljiy boshlaganda esa har kasning asl yuzi ko‘rina boshladi. Mintaqa o‘lkalarining ham. Jumladan, Rossiyaning ham.

Nima bo‘ldi, janob Putin?» — deb savol bergan boshlovchi va fikrini davom ettirgan:

«Ozarboyjonning mintaqada kuchli bir davlatga aylanishi, so‘nggi 200 yilda ilk marta o‘z tuproqlaridan ayrilib, o‘z kuchi bilan ishg‘ol etilgan yerlarini qaytarib olib, suverenitetni tiklagani, milliy manfaatlarning doimo himoyasi prisipial siyosatni o‘rtaga tashlashi, prezident Ilhom Aliyev global sahnada lider sifatida qabul qilina boshlangani, Ozarboyjonning kuchli va prinsipialligi e’tirofi sizni nega bunchalik bezovta qilayapti?

Biz tushunamiz, siz axir Rossiya o‘z tarkibiga kuch bilan qo‘shib olgan xalqlar ustidan hukmronligiga ko‘nikib qolgansiz-ku?

Bu xoh Chor Rossiyasi bo‘lsin, sovet davri bo‘lsin, oliy irq — rus xalqi edi. Ozarboyjonlar, o‘zbeklar, qozoqlar, qirg‘izlar, turkmanlar va boshqa millatlarning vakillari esa har doim ikkinchi darajali xalq sifatida qabul qilingan.

Bugunga kelib imperiya tarixning qa’riga otilgan bo‘lsa-da, tushuncha o‘zgarmagan, an’ana davom etmoqda. Bir zamonlar Stalin millat oydinlarini NKVDning qo‘li bilan kesgan bo‘lsa, bugun esa Putin o‘z haqqini talab etganni OMONning qo‘li bilan yo‘q qilmoqda. 37-yillan hamon keskin va jiddiy tarzda daom etmoqda.

Lekin Kremldagilar va Rossiya priyezidenti Vladimir Putin ortiq 37-yil yo‘qligini, tashqarida 2025 yil ekanligi, bir zamonlar sobiq ittifoq tarkibida bo‘lgan respublikalar 30 yildan ortiq vaqt mobaynida mustaqil ekanligini anglay olarmikan?

Tarixda hech narsa unutilmasligini anglay olishadimi? Qaysikim, na ozarboyjon xalqining tushungan boshlari kesilgan Stalinning qatag‘onlarini, na 20 yanvar voqealarini, na Xo‘jali qirg‘inini, na Ozarboyjon tuproqlarining 30 yil mobaynida Rossiyaning qo‘li bilan Armaniston tomonidan ishg‘ol ostiga qolganini?

Ha, Rossiyaning qo‘li bilan, Rossiyaning ishtiroki bilan. 30 yil mobaynida o‘zi yaratgan Qorabog‘ muammosini hal qilishga imkon bermagan va Qorabog‘ yaramiz tufayli bizga ming bir aziyat bergan, bizning asablarimiz, milliy g‘ururimiz bilan o‘ynashgan Rossiya, endi muammo hal etilgach, o‘z kuchini u yerda yashayotgan ozarboyjonlarga ko‘rsatmoqda».

Bu murojaat Rossiya tomonidan nihoyatda keskin qarshi olindi. Eng avvalo, Ozarboyjon rus propagandachilari tomonidan Ukraina tomonining narrativlaridan foydalanayotganlikda ayblandi. Hozircha rasmiy munosabat bildirilganicha yo‘q.

Kiritildi: 21:07 30.06.2025. O'qildi: 859 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!