“Toshshahartransxizmat” AJning xabar berishicha, Toshkent shahrida harakatlanuvchi yana 22 ta avtobus yo‘nalishida xizmat ko‘rsatish brutto-shartnoma asosida amalga oshiriladi. Bu bilan ulardan talab qilinadigan kunlik reja bekor qilindi.
2023 yilning sentyabr oyidan boshlab 26, 91, 96, 109, 123, 199, 1, 3, 15, 33, 35, 42, 127, 157, 158, 34, 56, 105, 134, 135, 150 va 117-sonli avtobus yo‘nalishlarida xizmat ko‘rsatish yangi turdagi brutto-shartnoma asosida amalga oshirila boshlandi.
Ma’lumot o‘rnida, brutto-shartnomalar yo‘lovchi tashishni tashkil etish modeli bo‘lib, unda barcha tushumlar shahar byudjetining maxsus hisobraqamiga o‘tkaziladi va shahar ma’muriyati tashuvchiga yo‘nalishlar bo‘yicha tashuvlarni amalga oshirgani uchun bajarilgan ishlar hajmidan kelib chiqqan holda, ularning sifatini nazorat qilish sharti bilan haq to‘laydi.