Poytaxt IIBB xabariga ko‘ra, 30 yoshli A.SH. klub oldida janjalning oldini olishga uringan 35 yoshli fuqaroni urib, unga jarohat yetkazgan.
Shundan so‘ng u tergovdan qochib, yashiringan. A.SH.ga bezorilik va og‘ir shikast yetkazish moddalari bo‘yicha jinoiy ish ochilib, sirtdan qamoqqa olish chorasi belgilangan.
Hozirda u Qozog‘istonda qo‘lga olingan va Toshkentga ekstradisiya qilish ishlarini olib bormoqda.