Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Toshkentdagi “Sokin soy” kafesi yaqinida sodir bo‘lgan janjal aybdorlari qidirilmoqda

Toshkentdagi “Sokin soy” kafesi yaqinida sodir bo‘lgan janjal aybdorlari qidirilmoqda

Internet tarmog‘ida “Sokin soy” kafesi yaqinida bir nechta kishi va haydovchi o‘rtasida kelishmovchilik videosi tarqaldi. Toshkent shahar IIBB holat bo‘yicha ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, 2021 yil 21 sentyabr kuni Olmazor tumani Toshkent xalqa avtomobil yo‘lida 30 yoshli Farxod I. “Spark” rusumli (davlat raqami 01 138 WHA) avtomobilni boshqarish davomida yo‘l chetida to‘xtagan. So‘ng bir nechta noma’lum shaxslar kelib, haydovchi yo‘l harakati qoidabuzarliklarini qayd etib ichki ishlar organlariga jo‘natmoqchi deb o‘ylab u bilan janjal boshlashgan.

Holat Olmazor tumani IIO FMB 1-son ichki ishlar bo‘limida qayd etildi. Hozirda ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan noma’lum kishilarning shaxslarini aniqlashga qaratilgan tadbirlar olib borilmoqda. Ularning xatti-harakatlariga huquqiy baho berilib, qonuniy chora ko‘riladi.

Kiritildi: 22:25 25.09.2021. O'qildi: 3815 marta. Fikrlar soni: 3 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!