Bugun 2 aprel, 2026 yil, payshanba

КИР

Toshkentda YPX xodimiga qo‘l ko‘targan mast haydovchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkentda YPX xodimiga qo‘l ko‘targan mast haydovchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkent shahrida mast holda avtomobil boshqarib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan shaxs IIO xodimiga musht tushirdi. Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati axborot xizmati rahbari Zoyir Yo‘ldoshov mazkur holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Bildirilishicha, joriy yilning 30 mart kuni tungi vaqtda Yashnobod tumanida «Malibu» va «Leapmotor» rusumli avtomobillar ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz bergan. Shundan so‘ng haydovchilar o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan va «Leapmotor» haydovchisi 102 raqamiga murojaat qilib, davlat raqam belgisisiz harakatlangan «Malibu» haydovchisi avariya sodir etib, unga nisbatan qo‘pol muomalada bo‘layotganini ma’lum qilgan.

Hodisa joyiga yetib kelgan YPX xodimlari «Malibu» haydovchisini alkotester orqali tekshiruvdan o‘tkazmoqchi bo‘lgan. Biroq haydovchi qonuniy talablarga bo‘ysunmasdan, xodimlarga faol qarshilik ko‘rsatib, hatto ulardan birining yuziga musht tushirgan.

Shundan so‘ng xodimlar o‘zlari va atrofdagilar xavfsizligini ta’minlash maqsadida maxsus vositalarni qo‘llagan holda qonunbuzar fuqaroni zararsizlantirgan.

Hozirda ushbu shaxs prosessual tartibda ushlangan. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-qismi hamda 277-moddasi 3-qismi «g» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Kiritildi: Bugun 14:10. O'qildi: 401 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!