Bugun 16 may, 2025 yil, juma

КИР

Toshkentda YPX xodimi haydovchiga qo‘pol munosabatda bo‘ldi. Sababi ma’lum

A A A
Toshkentda YPX xodimi haydovchiga qo‘pol munosabatda bo‘ldi. Sababi ma’lum

Internet tarmog‘ida haydovchi va YPX inspektori o‘rtasidagi kelishmovchilik aks etgan video tarqamoqda. Toshkent shahar IIBB mazkur holat bo‘yicha bayonot berdi.

2021 yil 31 iyul kuni Shayxontohur tumani Layliqo‘rg‘on ko‘chasida Toshkent shahar IIBB YHXB yo‘l-patrul xizmati inspektori Begzod Mirzarahimov tomonidan YHQ qoidabuzarliklari uchun o‘z vaqtida jarima to‘lamagan haydovchilarni aniqlash bo‘yicha maxsus tadbir davomida “Cobalt” (davlat raqami 01 YE 636 SA) rusumli avtomobil to‘xtatildi.

Tekshiruv davomida transport vositasi haydovchisi 1979 yilda tug‘ilgan Komilxon N. inspektorga nisbatan betakallufona muomalada bo‘lib, konstruktiv suhbat qilishdan bosh tortgan. Natijada ular orasida yuzaga kelgan kelishmovchilik sababli inspektor muomala madaniyati qoidalarini buzgan.

Inspektorning xatti-harakatlari yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB rahbariyati tomonidan xizmat tekshiruvi tayinlandi.

Kiritildi: 21:57 03.08.2021. O'qildi: 4252 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!