Bugun 18 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Toshkentda yoz: qanday, qayerda va qancha pul ishlasa bo‘ladi?

A A A
Toshkentda yoz: qanday, qayerda va qancha pul ishlasa bo‘ladi?

Ko‘pchilik uchun yoz — bu dam olish, ba’zilar uchun esa mavsumiy ish topish, budjet va kasbiy mahorat uchun samarali vaqt sarflash imkoniyatidir. Poytaxtdagi vakansiyalar, xususan, onlayn bozor ishsizlar va talabalar uchun takliflarga boy. Bular jamoat ovqatlanish, qurilish, ta’lim, ko‘ngil ochar, avto, go‘zallik, marketing, ma’muriyat, kuryer yetkazib berish, onlayn yarim kunlik ish va boshqa sohalardir.

Yozgi yarim kunlik ishni qanday topish mumkin?

Vaqtinchalik ish qidirish variantlari, ish beruvchilarning takliflari singari juda ko‘p: «sarafan radiosi» dan (bizning odamlar uni «tanish-bilish» deb ataydi) vaqt va tajriba bilan tasdiqlangan vakansiyalar bozorlarigacha. Bu onlayn platformalar, masalan, OLX.uz, hh.uz va boshqalar. O‘zbekistonning barcha hududlarida, shu jumladan, Toshkentda ochiq eshiklar kuni yoki vakansiyalar yarmarkalari muntazam ravishda oflayn rejimda o‘tkaziladi, unda abituriyentlar turli kompaniyalar - xususiy, davlat yoki xorijiy kompaniyalarning takliflari bilan tanishib chiqishlari mumkin. Va shuningdek, yarim kunlik ish qidirish varianti sifatida ijtimoiy bandlik markazlarini ko‘rib chiqish mumkin. U yerda sizning so‘rovlaringiz, kasbiy ko‘nikmalaringiz yoki ijtimoiy mavqeingiz asosida sizga faoliyatning turli sohalarida vakansiyalar taklif qilinishi mumkin.

OLX tahlilchilarining bahosiga ko‘ra, turli yoshdagi ish izlovchilarning aksariyati ishonchli Internet platformalari orqali vaqtinchalik yoki doimiy ish topishni afzal ko‘rishadi. Ularning fikriga ko‘ra, bu usul vaqt va kuchni tejash bilan oqlanadi. Afzalliklaridan biri, shuningdek, tezkor ma’lumotlar olishdir - vakansiyalar, nomzodga qo‘yiladigan talablar, ish haqi, ish vaqti, ish beruvchi (kompaniya yoki xususiy shaxs) to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

«Ish» toifasi Internet foydalanuvchilari uchun eng ko‘p talab qilinadigan toifalardan biri bo‘lgan olx.uz saytining ish bozori misolida, 2022, 2023 va 2024 yillardagi yozgi davrlar uchun taklif qilingan yarim kunlik ishlarning tahlili o‘tkazildi.

Uch yil ichida, reklama beruvchilarning e’lonlari soni va foydalanuvchilarning fikr-mulohazalari soniga ko‘ra, elektrchi, sartarosh, ofisiant, usta / yordamchi, barmen / barista, pedagog / repetitor, farrosh / idish yuvuvchi, tibbiyot xodimi, payvandchi, dizayner / videomontajchi, shef-oshpaz / oshpaz, bo‘yoqchi-suvoqchi, haydovchi, kuryer, sotuvchi-konsultant, call-markaz operatori, savdo menejeri, tikuvchi va boshqa mutaxassislar ustunlik qilmoqda.

O‘tgan va undan oldingi va joriy yillar uchun o‘rtacha ish haqi (soatlik, smenali, ish hajmiga qarab yoki oylik) miqdori ma’lum bir vakansiyaning dolzarbligi, unga bo‘lgan talab, ish beruvchi kompaniyaning obro‘si, shuningdek xodimning kasbiy tajribasiga asoslangan holda oshdi.

Shunday qilib, qurilish sohasida to‘lov 25,5 ming so‘mdan 2,4 million so‘mgacha, servis/uy yumushlari/klining 170-290 ming so‘mni taklif etadi, uy xodimlarining ishi 115 ming so‘mdan 1,5 million so‘mgacha, chakana savdo — 70 ming so‘mdan 4,4 million so‘mgacha baholanadi.

Bar/restoranlar 50 ming so‘mdan 3,2 mln so‘mgacha, ishlab chiqarish/energetika sohasida 600 ming so‘mdan 10 mln so‘mgacha, ta’lim sohasi 65 ming so‘mdan 5,3 mln so‘mgacha haq to‘lashga tayyor.

Transport/logistika/ombor xodimlarga 1-7,5 mln so‘m, marketing/reklama/dizaynda - 600 ming so‘mdan 11,5 mln so‘mgacha haq to‘lanadi.

IT/telekom/kompyuter mutaxassislari ishi uchun 40 ming so‘mdan 5,5 mln so‘mgacha haq to‘lanadi.

Turizm/mehmonxona biznesi/o‘yin-kulgida 75 ming so‘mdan 4,9 mln so‘mgacha, go‘zallik/fitnes/sport sohasida 40 ming so‘mdan 7,2 mln so‘mgacha pul ishlash mumkin.

Huquqshunoslik/buxgalteriya hisobi/moliya sohasida ish haqi 1,1-1,5 mln so‘m, menejment/kadrlar boshqaruvi/HR/ofis 1,7-2,9 mln so‘m, tibbiyot/farmasiya - 50 ming so‘mdan 3,7 mln so‘mgacha baholanadi.

Avtoservislar xodimlariga 315 mingdan 3 mln so‘mgacha, qo‘riqlash/xavfsizlikda esa 700 ming so‘mdan 1,8 mln so‘mgacha taklif etiladi.

Kiritildi: 13:52 25.06.2024. O'qildi: 2524 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!