Bugun 27 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Hozirgi yomg‘irlar ham avvalgilariga o‘xshamas...

Hozirgi yomg‘irlar ham avvalgilariga o‘xshamas...

Butun dunyo bo‘ylab yog‘ayotgan yomg‘irlar g‘ayrioddiy kislota darajasini ko‘rsatadi. Bu trifloroasetik kislotasidir. Olimlar yomg‘ir va qor suvi tarkibida trifluoroasetik kislota (TFA) tobora yuqorilayotganini qayd etishmoqda.

Kislota tabiiy jarayonlar bilan yo‘q qilinmaydi, ya’ni u tuproqda, suvda va tirik organizmlarda to‘planadi. Uning izlari allaqachon inson qoni va peshobida, oziq-ovqat va ichimliklarda topilgan.

U reproduktiv salomatlik va ekotizimlarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu haqida izchil o‘rganishlar boshlangan. Olimlarning ogohlantirishicha, agar TFA odamlar uchun nisbatan xavfsiz bo‘lib chiqsa ham, uning tabiatda barqaror to‘planishi uzoq muddatli ekologik muammolarga olib kelishi mumkin.

Kiritildi: 06:20 26.07.2025. O'qildi: 1015 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!