Bugun 16 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Toshkentda yangi yo‘l qurilishi bekor qilindi

A A A
Toshkentda yangi yo‘l qurilishi bekor qilindi

Avvalroq, 25 sentyabr kuni poytaxt aholisining ko‘plab murojaatlarini hisobga olgan holda Mirzo Ulug‘bek tumanida Movarounnahr va Abdulla Qodiriy ko‘chalari oralig‘ida yangi yo‘l ochilishi haqida xabar bergan edik.
 
Ushbu yo‘lni qurish ishlari boshlangandan biroz vaqt o‘tib, jarayon noma’lum muddatga to‘xtatildi. Bunga yo‘l qurilishi rejalashtirilgan hududda yer ostida shaharni katta qismini ichimlik suvi bilan ta’minlovchi kommunikasiyalar borligi aniqlangani sabab bo‘lgan.
 
“Mutaxassislar fikriga ko‘ra mazkur hududda yo‘l qurilishi uchun ushbu kommunikasiyalar boshqa yerga ko‘chirilishi lozim. Ko‘chirish ishlariga esa vaqt va katta mablag‘ talab etiladi”, deyiladi Toshkent shahar hokimligi xabarida.
 
Qisqa vaqt oralig‘ida bunday hajmdagi ishlarlarni yakunlashning iloji yo‘qligi sababli, yo‘l qurilishi ishlari vaqtincha to‘xtatilgan. Hozirda bu hududda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Qalampir.uz

Kiritildi: 15:55 08.10.2018. O'qildi: 1533 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik