Bugun 25 sentyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Toshkentda yangi innovasiyalar uyi ochiladi

A A A
Toshkentda yangi innovasiyalar uyi ochiladi

Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov “Toshkentdagi Eron innovasiyalar va texnologiyalar uyi”ga tashrif buyurdi.

Vazir tashrif doirasida “Diba Innovation HUB” binosi bilan tanishib, ikki tomonning kelgusidagi rejalari va istiqbolli loyihalari haqida fikr almashildi.

“Bu loyihadan katta natijalar kutyapmiz. “Toshkentdagi Eron innovasiyalar va texnologiyalar uyi” ikki davlatning o‘zaro ilm-fan texnologiyalari va yutuqlarini almashishida ko‘prik vazifasini bajaradi.

Eron va O‘zbekistonning kelgusidagi hamkorligida ushbu markazning hissasi qo‘shilishiga, bu yerda yirik loyihalar amalga oshirilishiga ishonchim komil. Ushbu markazda xalqaro ko‘rgazmalar, forumlar tashkil etiladi”, dedi vazir.

Ma’lumot uchun, Innovation HUBʼning qurilish jarayoni endigina yakunlandi. U 5 qavatdan iborat. 4-qavati “Toshkentdagi Eron innovasiyalar va texnologiyalar uyi”dir. Markazda kafe, restoran, dam olish xonalari ham mavjud.

Kiritildi: 19:19 10.06.2023. O'qildi: 1651 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!