Bugun 19 iyun, 2025 yil, payshanba

КИР

Toshkentda yana yo‘llar yopiladi! Harakat cheklanadigan ko‘chalar va muddatlar e’lon qilindi

Toshkentda yana yo‘llar yopiladi! Harakat cheklanadigan ko‘chalar va muddatlar e’lon qilindi

Qurilish-ta’mirlash ishlari tufayli ba’zi yo‘llarda harakatlanish cheklanadi.

Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumanida olib boriladigan qurilish-montaj ishlari sababli Ziyolilar ko‘chasining Do‘rmon yo‘li ko‘chasi kesishmasidan Qalandar ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan bir tomonlama yo‘nalish qismi 17 may soat 22:00 dan 19 may soat 08:00 gacha barcha transport vositalari harakati uchun yopiladi.

Shuningdek, qurilish-ta’mirlash ishlari tufayli Kichik halqa avtomobil yo‘lining Chingiz Aytmatov ko‘chasi kesishmasidan Oqqo‘rg‘on ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan qismi 17 may soat 22:00 dan 21 may soat 06:00 gacha barcha transport vositalari harakati uchun yopiladi.

Toshkent shahri hokimligi bu vaqt mobaynida harakatlanish uchun muqobil yo‘nalishlardan foydalanishni tavsiya qildi.

Kiritildi: 10:53 18.05.2025. O'qildi: 504 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!