Bugun 18 oktyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Toshkentda xususiy universitet xodimi qo‘lga olindi

Toshkentda xususiy universitet xodimi qo‘lga olindi

O‘qishga kiritib qo‘yish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yunusobod tumani bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda Toshkent shahridagi xususiy universitet xodimi Z.O. fuqaro T.M.ning ishonchiga kirib, tanishlari orqali unga qo‘shni Qozog‘iston yoki Tojikiston davlatidagi oliy o‘quv yurtining 2 kursini o‘qib tugatganligi to‘g‘risida soxta hujjat tayyorlab, o‘zi ishlayotgan xususiy universitetning 3 kursidan o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 1500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Taxtako‘pir tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro I.J. fuqaro M.O.ning ishonchiga kirib, go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Nukus shahridagi Tibbiyot kollejiga o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 1 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 20:16 16.10.2025. O'qildi: 697 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!